Web-manzil | it.wikipedia.org |
---|---|
Interwiki | it |
Asosiy boʻlim | jami 285 tilda |
Asos solingan sana | may, 2001 |
Maqolalar soni | 1 862 487 |
Egasi | Wikimedia |
Litsenziya | erkin |
Reklama | yoʻq |
Italyancha Vikipediya (italyancha: Wikipedia in italiano) - Vikipediyaning italyan tilidagi boʻlimi. 2001-yil 11-mayda tashkil etilgan. Hozirda 1 862 487 dan ortiq maqolaga ega. Maqolalari soni boʻyicha 5-oʻrinda turadi (inglizcha, olmoncha, fransuzcha va niderlandcha Vikipediyalardan keyin).
2011-yil 4—6-oktabr kunlari italyancha Vikipediya Italiya parlamenti koʻrib chiqayotgan senzura qonun loyihasiga eʼtiroz sifatida yopildi. Bu vaqt davomida maqolalar yashirilib, faqat italyancha Vikipediya foydalanuvchilari yozgan manifest koʻrsatildi. Bunday eʼtiroz amallari keyinchalik inglizcha va ruscha Vikipediyalarda ham amalga oshirildi.
2013-yil 22-yanvarida italyancha Vikipediyada millioninchi maqola yozildi.
2024-yil 7-May boʻyicha italyancha Vikipediyada 1 862 487 maqola mavjud. 2 510 829 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 7 873 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 121 foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni — 138 870 140. Teranligi (bugun): 188.