Nuri Bilge Ceylan | |
---|---|
Tavalludi |
1959-yil 23-yanvar Bakırköy, Istanbul, Turkiya |
Fuqaroligi | Turkiya |
Kasbi | Rejessor, ssenariynavis, fotograf |
Faoliyat yillari | 1995-yildan hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi | Aylin Ünaldı |
Bolalari | 2 |
Nuri Bilge Ceylan (1959-yil 26-yanvarda Istanbul) — turk rejissyori, ssenariynavis va fotografi.
1997-yildan beri badiiy filmlari bilan ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan va xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan."Qish uyqusi" filmi 2014-yilgi Kann kinofestivalida „Oltin palma yaprogʻi“ni qo‘lga kiritib, kino tarixida ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan ikkinchi turk filmi bo‘ldi. Rejissyorning beshta filmi Turkiyaning eng yaxshi xalqaro akademik kino mukofotiga nomzod sifatida tanlandi.
U 1959-yilda Istanbulning Bakırko‘y tumanida tug‘ilgan. Onasi Fotma Ceylan. Otasi Mehmet Emin Ceylan qishloq xoʻjaligi muhandisi boʻlgan. Bolaligining asosiy qismi otasi tugʻilgan joy Chanoqqal’aning Yenice tumanida oʻtdi. Boshlangʻich taʼlimni Yenice shahrida, oʻrta maktab va litseyni Istanbulda tamomlagan. Oliy taʼlimni 1976-yilda Istanbul texnika universitetining kimyo boʻlimida boshlagan. 1978-yilda Bogʻozichi universitetining elektr va elektronika muhandisligi boʻlimiga oʻqishga kirdi.
Bogʻozichi universitetida oʻqigan vaqtida universitetning fotografiya (BÜFOK), alpinizm va gʻor toʻgaraklariga aʼzo boʻlib, tabiat hodisalariga qiziqishi ortgan. Uning nomi fotografiyada paydo boʻla boshladi; 1982-yilda „Milliyet Art“ jurnalining „Türk Fotoğraf Sanatında Gençler“ nomli sonida qatnashdi. 1980-yillarda uning baʼzi ijodiy ishlari Gergedan kabi madaniyat va sanʼat jurnallarida nashr etilgan. 1989-yilda Kodak tomonidan uyushtirilgan tanlovda „Çıplak ve Deniz“ fotojamlanmasi tanlab olindi va xalqaro tanlovda Turkiya nomidan qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. 1985-yilda oʻqishni tamomlagandan soʻng London va Katmanduga sayohat qildi. Turkiyaga qaytgach, Anqaraning Mamak tumanida harbiy xizmatni o‘tayotib, kino sohasiga kirishga qaror qiladi. U Mimar Sinan universitetida ikki yil kino sohasida tahsil olgan.
1993-yilda Mehmet Eryılmazning "Seviyorum Ergo Sum" nomli qisqa metrajli filmida rol oʻynadi va suratga olish jarayonida kamera orti jarayonlarida boʻlib, texnik bilimini oshirdi. U oʻzining qisqa metrajli filmini suratga olish uchun „Seviyorum Ergo Sum“ suratga olingan kamerani sotib oldi va 1993-yilda oʻzining birinchi qisqa metrajli filmini suratga oldi. U Kann kinofestivalida rejissyor, ssenariy muallifi va prodyuseri boʻlgan „Koza“ filmi bilan ishtirok etdi. „Koza“ tanlov uchun tanlangan ilk turk qisqa metrajli filmi edi.
Nuri Bilge Ceylan 1997-yilda oʻzining birinchi badiiy filmi "Kasaba"ni suratga oldi. "Koza" filmining davomi deb hisoblanishi mumkin boʻlgan avtobiografik va pastoral film „Kasaba“ koʻplab jahon festivallarida, jumladan Berlin xalqaro kinofestivalida namoyish etilgan. „Kasaba“ baʼzilar „mamlakat trilogiyasi“ deb taʼriflagan uchta filmning birinchisi edi. Trilogiyadagi filmlarning uchinchisi — u 1999-yilda suratga olgan „Mayıs Sıkıntısı“ va 2002-yilda chiqarilgan „Uzak“ filmidir. Bu filmlarda Ceylan qarindoshlari va oilasini aktyor sifatida ishlatgan va kinematografiyadan tortib ssenariy va montajga qadar deyarli barcha ishlarni oʻzi koʻrgan.
„Mayıs Sıkıntısı“ Berlin kinofestivalining tanlov boʻlimida namoyish etildi. U Kann kinofestivalida ishtirok etdi. Reytingi baland filmlar qatorida namoyish qilindi. Film festivalning ikkinchi mukofoti boʻlgan „Gran-pri“ („Grand Prix“)ni oldi. Filmning bosh rol ijrochilari Muzaffer O‘zdemir va film tugashi bilanoq yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan Mehmet Emin Toprak „Eng yaxshi erkak roli“ mukofotini olishdi. Ceylan 2003-yilda Kann kinofestivalida hakamlar hay’atining bosh mukofotiga sazovor boʻlgan „Uzak“ filmi bilan xalqaro miqyosda tan olingan isimga aylandi. „Uzak“ filmining ssenariysi 2004-yilda kitob sifatida nashr etilgan.
Ceylanning toʻrtinchi badiiy filmi „Iqlimlar“ filmi oʻzi operatorlik qilmagan birinchi filmi edi. Bu filmdan boshlab Gokhan Tiryaki Ceylanning filmlariga rejessorlik qila boshladi. Ceylan bosh rollarni turmush oʻrtogʻi Ebru Ceylan bilan ijro etdi. Film 2006-yil Kann kinofestivalining tanlov boʻlimiga qabul qilingan. Ceylan „lklimler“ filmi uchun joy qidirish paytida fotografiya sanʼatiga yuzlandi va kino bilan bir qatorda fotografiya bilan ham shugʻullana boshladi.
U „Üç Maymun“ filmida birinchi marta professional aktyorlar bilan ishlagan. Film kichik muammolar tufayli parchalanib ketgan oilaning katta yolg‘onlari dunyoga keltirishi va ularning haqiqatni yashirish orqali birga qolish uchun kurashi haqida hikoya qiladi. Ushbu film bilan Ceylan 2008-yil Kann kinofestivalida „Eng yaxshi rejissyor“ mukofotini oldi. Mukofotni olgandan keyin minnatdorchilik soʻzida "Men bu mukofotni sevimli, yagona va goʻzal mamlakatimga topshiraman" degan soʻzlar uzoq vaqt davomida Turkiyada keng muhokamalarga sabab boʻldi. „Oskar“ mukofotining „Eng yaxshi xorij filmi“ nominatsiyasida 9 talikka kirgan ilk turk filmi edi.
Ceylan 2009-yilda Kann kinofestivalida hakamlar hay’ati aʼzosi sifatida ishtirok etgan. 2011-yilgi Kann kinofestivalida „Bir Zamanlar Anadolu’da“ Anadoluda filmi bilan hakamlar hay’ati bosh mukofotiga sazovor boʻldi.
U rejissyorlik qilgan „Qish uyqusi“ filmi 2014-yilda Kann kinofestivalida „Oltin palma yaprogʻi“ bilan taqdirlangan edi. Shunday qilib, turk filmlari ichida Sherif Goʻren va Yilmaz Güneyning „Yol“ filmidan keyin ikkinchi marta ushbu mukofotga sazovor boʻlgan filmga aylandi.
2018-yilda suratga olingan "Ahlat Ağacı " filmi rejissyorning eng ko‘p tomosha qilingan ikkinchi filmiga aylandi. Film 2018-yilgi Kann kinofestivalida qatnashgan va 91-o‘rinni egallagan. Film Akademiya mukofotlari marosimida eng yaxshi xalqaro film uchun Akademiya mukofotiga nomzod boʻldi.
Mehmet Eryilmaz tomonidan Ceylan bilan suhbatlar saralangan va „Söyleşiler“ (2012) nomli kitob sifatida nashr etilgan.
Ceylanning Deniz Celiloglu va Merve Dizdarlar ishtirokidagi „Kuru Otlar Üstüne“ nomli filmining suratga olish ishlari 2021-yilda boshlangan.
1995-yil Kann kinofestivali xalqaro qisqa metrajli filmlar tanlovi.
Berlin kinofestivali (1998)
Köln kinofestivali (1999)
21. SİYAD turk kinosi mukofotlari, 1999-yil
36. Antalya Altin Portakal film festivali (1999)
19. Xalqaro Istanbul kinofestivali 2000
Buenos-Ayres xalqaro kinofestivali, 2001-yil
12. Anqara kino festivali 2000-yil
2000-yil Iskandariya kinofestivali
56. Kann kinofestivali 2003-yil
39. Antalya Altın Portakal Film festivali 2002-yil
14. Anqara kino festivali 2002-yil
24. SİYAD turk kinosi mukofotlari, 2002-yil
22. Xalqaro Istanbul kinofestivali 2003-yil
Cinemaya kinofestivali 2003-yil
13. Orhan Ariburnu mukofotlari 2002-yil
39. Chikago xalqaro kinofestivali, 2003-yil
25. Monpelye kinofestivali 2003-yil
Bayrut kinofestivali, 2003-yil
16. Trieste kinofestivali, 2004-yil
Mexiko kinofestivali, 2004-yil
43. Antaliya kinofestivali , 2006-yil
59. Kann kinofestivali, 2006-yil
26. Xalqaro Istanbul kinofestivali, 2007-yil
Skip City xalqaro raqamli kino festivali, Yaponiya (2007-yil)
2. Yeşilçam mukofotlari
41. SİYAD mukofotlari
Osianning Cinefan filmlari festivali
Haifa kinofestivali
Asian Pasific Screen Awards
„Manaki Brothers“ kinofestivali
64. Kann kinofestivalining hakamlar hay’atining bosh mukofoti
Asia Pasific Screen Awards
47. Sinema Yazarları Derneği Ödülü
|url=
qiymatini tekshiring. Boʻsh., 25 Mayıs 2008